Eder Militao bir oydan keyin maydonga qaytishi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, xoch bog'lamidan operatsiya qilingan himoyachining tiklanish jarayoni odatdagidek davom etmoqda. Klubning fikricha, braziliyalik futbolchi fevral oxiri yoki mart oyi boshida maydonga qaytishga tayyor bo'lishi mumkin. Yaqin kelajakda u sheriklar bilan ba'zi mashqlarni bajarishni boshlashi mumkin.
Biroq, uni qaytarish shoshilinch bo'lmaydi. "Real Madrid" ehtiyojlarga emas, futbolchining tizzasi holatiga e'tibor qaratadi.
Militao oxirgi marta 12 avgust kuni maydonga tushgan edi.