"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzemaning "Manchester Yunayted"ga o'tish imkoniyati kam.
Jurnalist Kris Uilerning fikricha, "mankunianliklar" 36 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishlari dargumon.
Katta ehtimol bilan asosiy muammo Benzemaning yiliga 100 million evrolik maoshi bo'lishi mumkin.
Ijara sodir bo'lsa, "Manchester Yunayted" frantsiyalik futbolchining maoshining bir qismini to'lashga majbur bo'ladi, bu esa klub byudjetiga sezilarli darajada zarar keltiradi. Rahbariyat qisqa muddatli shartnoma uchun ko'p pul sarflashni xohlamaydi.
Avvalroq, Benzemaning xizmatlariga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Ayni vaqtda Frantsiyaning “Lion” klubi o'zining sobiq futbolchisini qaytarishga harakat qilmoqda.