Ispaniyalik mashhur yarim himoyachi, hozirda "PSJ"ga tegishli Marko Asensio vataniga qaytishi mumkin. Futbolchi Frantsiya poytaxtida qolayotganidan norozi va klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Asensioning agentlari uni La Liganing top-klublaridan biriga o'tkazmoqchi. Gap “Barselona” va Madridning “Atletiko”si haqida ketmoqda.
Marko 2015 yildan 2023 yilgacha "qirollik" klubini himoya qilgan. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi oltita o'yin o'tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.