Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.
Fotomac xabariga ko'ra, 76 yoshli funktsioner Gyuler bilan suhbat chog'ida turkiyalik futbolchiga klub unga to'liq ishonishini aytib, 18 yoshli yarim himoyachi o'z kelajagi haqida qayg'urmasligi kerakligini ta'kidlagan.
Eslatib o'tamiz, Gyuler o'tgan yozda “Real”ga o'tgan edi. "Los Blancos" tarkibida futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va gol urmadi.