"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ispaniya La ligasining 21-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real» – «Almeriya» o'yinidagi hakamlik borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
– Qaysi vaziyatlardagi VAR qarori sizni ko'proq hayron qoldirdi?
– «Real» urgan 2 ta golda fol bo'lganini inobatga olmaganda, «Almeriya»ning bekor qilingan golida Bellingem raqibning futbolkasidan ushlab olganini ko'rdim.
Shuningdek, bir vaziyat bor: Bellingem maydonda hakamga qaraganda holda: «Ko'ramiz, mening xiylamga ishondimi yoki yo'qmi», deya qarab yotdi. Keyin esa o'yin davom etdi va "Almeriya" gol urdi. Nazarimda, gol qoidaga muvofiq gol urildi", – dedi «Barselona» prezidenti.