"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya La ligasida chempionlik unvonini himoya qilish borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz realist bo'lishimiz kerak. Men esa pozitiv realistman.
Oldinda 18 ta o'yin bor. Keling, ularda g'alaba qozonamiz! Biz taslim bo'lmoqchi emasmiz.
Bir yil avval «Real» sovrin uchun oxirigacha kurashgandi. Nima uchun bu safar biz kurashdan chiqib ketishimiz kerak?» – dedi «Barselona» ustozi.