"Bavariya" rahbariyati maoshini yiliga 13-14 million evrogacha oshirish istagidan voz kechmasa, 23 yoshli chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni kelajakda albatta sotishini ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, yaqin oylarda "Bavariya" kanadalik futbolchining vakillari bilan uning mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokara jarayonini davom ettiradi.
So'nggi oylarda "Real Madrid" Devisga qiziqish bildirayotgani haqida faol mish-mishlar tarqaldi.