Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militao tiklanish jarayonidan hozircha uzoqda.
Marca xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi fevral oxiri yoki mart oyi boshida maydonga qaytishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Militao yozda tizzasidan jarohat olgani uchun joriy mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi.
Ederning kamida aprelgacha safdan chiqishi kutilgandi.
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Militaodan ham ertaroq xuddi shunday jarohat olgan edi. Biroq belgiyalik futbolchining tiklanish vaqti hali noma'lum.