"Real" prezidenti Florentino Peres "Real Sosedad"ga (3:1) qarshi La Liga o'yinida darvozabon Keylo Navasning harakatlaridan norozi bo'lgan.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Qirollik klubi rahbari bosh murabbiy Zayniddin Zidanning qarshi ekaniga qaramay, kelasi yil yozda Navasning xizmatidan voz kechib, darvoza chizig'iga David De Xea ("Manchester Yunayted"), Janluiji Donnarumma ("Milan"), Tibo Kurtua ("Chelsi") yoki Yan Oblakni ("Atletiko") taklif qilishni rejalashtirmoqda.