Evropa Superligasi o'zining ilk turnirini boshlashga bir qadam qoldi. Bu haqda loyiha bosh kotibi Anas Lagrari gapirdi.
"50 ga yaqin klub bilan gaplashdik. Ularning 20 ga yaqini loyihadan juda va juda motivatsiyalangan. Bizda musobaqani boshlash uchun etarlicha klublar mavjud. Klublar nomini aytmoqchi emasman. Nega? Chunki ularni hozircha fosh qilmoqchi emasman", - deya Lagrari so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o'tamiz, avvalroq birinchi Superliga starti 2025 yilning yozida bo'lishi kerakligi haqida xabar berilgandi. Loyiha asoschisi "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bo'lib, uning so'zlariga ko'ra, muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishini qaytarishni istamoqda.