Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liganing 21-turidan o'rin olgan “Almeriya”ga qarshi o'yinda (3:2) gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
20 yoshli angliyalik futbolchi o'yinning 57-daqiqasida penaltini golga aylantirib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. 90+9-daqiqada Jud Dani Karvaxalga golli uzatmani uzatib, g'alabaga hissa qo'shdi.
Bu yarim himoyachining madridliklar safida 26 o'yinda kiritgan 18-gol va sakkizinchi golli uzatmasi bo'ldi. Shu tariqa, ingliz futbolchisi Madrid klubi uchun har bir o'yinda o'rtacha bitta samarali harakat qiladi.
14 ta gol urgan Bellingem La Liga mavsumining to'purarlari poygasida xuddi shunday gol urgan "Jirona" hujumchisi Artem Dovbik bilan birga peshqadamlik qilmoqda.