Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni “Almeriya” ustidan qozonilgan irodali g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida o'z maydonida “Almeriya”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
"Oxiri doim yaxshi bo'lgan. Agar hozir hammasi joyida bo'lmasa, demak bu oxiri emas", - deya Tchuamenining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 21 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.