"Real Madrid" La Ligada o'z uyida yubiley g'alabaga erishdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya chempionatining 21-turida “Almeriya”ni mag'lub etishdi (3:2).
Madridliklar uchun bu "Santyago Bernabeu"dagi minginchi g'alabasi bo'ldi. Ular La Ligadagi ushbu stadionda jami 1297 ta o'yin o'tkazishgan.
Hech bir Primera klubida bunday ko'rsatkich yo'q. "Valensiya" "Mestalya"da 906 marta g'alaba qozongan (1455ta o'yinda), "Barselona" esa "Kamp Nou"da 889 marta g'alaba qozongan (1175ta o'yin).