"Real Madrid" goleadori Krishtianu Ronaldu 5 ta uchrashuvlik diskvalifikatsiya jazosini o'tab bo'ldi va navbatdagi uchrashuvdan boshlab La Ligada Madridliklarga yordam bera oladi.
Ispaniya superkubogi doirasidagi "Barselona"ga qarshi dastlabki bahsda (1:3) hakamni turtib yuborgani uchun Ispaniya futbol federatsiyasi tartib intizom qo'mitasi tomonidan 5 o'yinga chetlatilgan Ronaldu 20-sentyabr oqshomida "Betis"ga qarshi La Liganing 5-turida ushbu mavsum chempionatdagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Bungacha futbolchi La Liganing dastlabki 4 uchrashuvida ("Deportivo" 0:3, "Valensiya" 2:2, "Levante" 1:1, "Real Sosedad" 3:1) hamda "Barselona"ga qarshi (2:0) superkubokning javob uchashuvida tomoshabinlar safidan uchrashuvni kuzatishga majbur bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Betis"ga qarshi uchrashuv 20-sentyabrdan 21-sentyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da "Santiago Bernabeu"da start oladi.
RealBlancos