Jud Bellingem “Real” safida penaltidan ilk bor gol kiritdi.
Yarim himoyachi La Liganing 21-turining 57-daqiqasida “Almeriya” darvozasiga gol urdi. Bu uning 17 dekabrdan beri birinchi goli bo'ldi.
Umuman olganda, ingliz futbolchisi madridliklar safida 26 uchrashuvda 18 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 14 ta gol bilan Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari hisoblanadi.