Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Almeriya»ni qabul qilib, juda va juda qiyin g'alabaga erishdi. Bunda Anchelotti shogirdlariga VAR tomonidan chiqarilgan 3 ta foydali qaror ham yordam berdi.
Anchelotti jamoasi birinchi bo'limda juda sust o'ynagan bo'lsa, mehmonlar juda faol harakat qilib, birinchi bo'limda "Real" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa hakam videotakrorni ancha tomosha qilgach, "Almeriya" darvoza tomon penalti belgiladi. Bellingen markaz bo'ylab zarba berib, hisobni qisqartirdi.
Oradan ko'p o'tmasdan mehmonlar uchinchi golni urishdi. Ammo hujum boshlanish pallasida Bellingemga nisbatan fol ishlatildi deya topdi VAR hamda gol bekor qilindi.
O'yinning 67-daqiqasida Vinisius Junior qo'l va elka aralash gol urdi. Hakam dastlab golni bekor qildi, ammo videotakrorni tomosha qilgach, golni inobatga oldi.
Ikkinchi bo'limga referi 11 daqiqa qo'shib berdi. Uning 9-daqiqasida Karvaxal g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu g'alaba tufayli "Real" o'z ochkolarini 51 taga etkazdi va jadvalda 1-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya chempionati, 21-tur
Real Madrid – Almeriya 3:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 1 Ramazani, 0:2 – 43 Edgar Gonsales, 1:2 – 57, penalti Bellingem, 2:2 – 67 Vinisius Junior, 3:2 – 90 Karvaxal.
Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho (Braim Dias, 46), Ryudiger, Mendi (Fran Garsiya, 46), Kroos (Kamavinga, 82), Valverde (Sebalos, 70), Tchuameni, Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 46).
Almeriya – Luish Mashimianu, Pubil (Poso, 70), Edgar Gonsales, Chumi, Kayki, Akeme, Arribas (Lazaro, 77), Robertone (Melero, 85), Lopi, Milovanovich (Suares, 70), Ramazani (Embarba, 77).
Ogohlantirishlar: Ramazani (52), Lopi (64), Garitano (64), Poso (75), Edgar Gonsales (84), Kamavinga (90), Karvaxal (90), Bellingem (90), Suares (90).
Chetlatish: Garitano (90+8, murabbiy).