"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining "Atletiko Madrid" bilan kubok o'yini haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan bahs 4:2 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Kubok o'yinini juda yaxshi o'tkazdik, biroq ba'zi xatolarga yo'l qo'ydik.
Himoyada etarlicha e'tiborli bo'lmadik, ammo jamoa yaxshi o'ynadi. "Atletiko" Superkubokni boy berishga loyiq bo'lmaganidek, biz ham bu o'yinda g'alaba qozonishga loyiq edik", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
21 yanvar kuni "Real Madrid" "Almeriya" bilan uchrashadi. Ispaniya chempionatining 21-tur uchrashuvi soat 20:15da boshlanadi.