"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finali oldidan vinger Vinisius Junior bilan shaxsan gaplashganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi “Barselona”ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, jamoasining 4:1 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi.
"Finaldan so'ng Vinisius bilan gaplashdimmi? – Yo'q. Oxirgi yakkama-yakka suhbat Vinisiusning maydonga tushishi va “Barselona”ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etishi bilan yakunlandi”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Vinisius 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.