Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogidan o'rin olgan “Atletiko” bilan so'nggi derbini yoqtirmaganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, “qirollik klubi” safarda “matraschilar”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketgan edi.
“O'ylashimcha, biz “Atletiko”ga qarshi o'yinda to'pni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi. Bizda klubga ko'p muvaffaqiyat keltirgan sifatli futbolchilar bor.
Balki charchoq tufayli to'pni yo'qotayotgandirmiz. Jamoamiz birgalikda g'alaba qozonadi va birga mag'lub bo'ladi. Men hech kimni alohida tanqid qilmayman", - dedi Anchelotti La Liga doirasida "Almeriya" bilan o'yin oldidan matbuot anjumanida.