"Real Madrid"ning yosh xujumchisi Borxa Mayoral kecha "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda gol kiritganidan habaringiz bor.
Mazkur gol 20 yoshli futbolchi uchun "Qirollik klubi" bosh jamoasi safidagi dastlabki golga aylandi. Bungacha 9 marotaba bosh jamoa libosini kiyishga erishgan Mayoral debyut golini kirita olmay kelayotgan edi.
Borxa bosh jamoadan avval o'rinbosarlar safida "Kastilya" sharafini 38 uchrashuvda himoya qilgan va 17 ta gol kiritishga erishgan edi.
RealBlancos