"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon pozitsiyasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassis Ispaniya kubogi doirasidagi “Atletiko”ga qarshi so'nggi o'yinda ishonchsiz o'yin ko'rsatgan Kepa Arrisabalaga hamda Andrey Lunin o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, “qirollik klubi” qo'shimcha bo'limlarda 2:4 hisobida mag'lub bo'lib, turnirdan chiqib ketgan edi.
“Boshqa darvozabonlar ham xuddi Kepa va Lunin kabi xatolarga yo'l qo'yishadi. Bu borada hech qanday bahs yo'q. "Almeriya"ga qarshi o'yinda kimlar asosiy tarkibda maydonga tushadi? Men hali bir qarorga kelganim yo'q", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Kepaning "Real"dagi ijarasi mavsum oxirida tugaydi, futbolchining huquqlari "Chelsi"ga tegishli. Luninning "Los Blankos" bilan kelishuviga ko'ra yana bir yarim yil bor.