Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichida «Atletiko» va «Real» klublari o'zaro to'qnash kelib qolganidan xabaringiz bor. «Metropolitano»da bo'lib o'tgan o'yin, xuddi Ispaniya superkubogida bo'lgani kabi, dramatik tarzda o'tdi.
Bahsning 39-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Samuel Lino hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymning ilk daqiqasida «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.
57-daqiqada esa forvard Alvaro Morata darvolzabon Andrey Luninning xatosidan foydalanib, «matrachsilar»ni oldinga olib chiqdi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Xoselu hisobni tenglashtirdi. Natijada jamoalar ekstra-taymlarda o'yinni davom ettirishdi.
100-daqiqada esa Antuan Grizmann ajoyib yurishni amalga oshirib, "Atletiko"ni yana oldinga olib chiqdi. Qo'shimcha bo'limlar tugashiga 1 daqiqa qolgani Rodrigo Rikelme mezbonlarning to'rtinchi golini urib, o'yin taqdirini hal qildi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogi yarim finalida asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgan bo'lib, qo'shimcha bo'limlarda "Real" ikkita gol urgandi. "Qirollik klubi" Ispaniya kubogining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Jamoa safar sovrinni boshqa klubga topshiradigan bo'ldi.
Ispaniya kubogi, nimchorak final
Atletiko – Real Madrid 4:2 (1:1, 1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Lino, 1:1 – 45, avtogol Oblak, 2:1 – 57 Morata, 2:2 – 82 Xoselu, 3:2 – 100 Grizmann, 4:2 – 119 Rikelme.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Ermoso, Vittsel, Lorente (Barrios, 98), Koke, Saul (Molina, 56), De Pol (Aspilikueta, 105; Savich, 116), Grizmann, Morata (Depay, 98), Lino (Rikelme, 90).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho (Fran Garsiya, 105), Ryudiger, Mendi (Braim Dias, 66), Modrich (Kroos, 66), Valverde (Tchuameni, 73), Kamavinga (Sebalos, 105), Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 80).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (45), Kamavinga (56), Morata (58), Braim Dias (68), Ermoso (68), De Pol (78), Koke (80), Simeone (83), Tchuameni (85), Bellingem (87), Karvaxal (89), Grizmann (101), Vittsel (113).