Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati doirasidagi “Almeriya”ga qarshi o'yinda asosiy jamoa futbolchilariga dam berish niyatida. Diario AS xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Atletiko"ga qarshi bugungi o'yinni muhimroq deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Almeriya” hozirda Ispaniya chempionatining autsayderi bo'lgan bo'lsa-da, so'nggi turda jamoa o'yinda bor-yo'g'i bir ochko jamg'argan peshqadam “Jirona”dan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldi.