"Barselona"ning sobiq futbolchisi va Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Bernd Shuster Frants Bekkenbauerning o'limi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U afsonaviy futbolchi va murabbiy uning kumiri ekanligini aytdi:
"Frants har doim mening kumirim bo'lgan. Men bolaligimdan unga mehr qo'yganman, unga o'xshash bo'lish uchun o'ynay boshladim.
Uning nafisligi va o'yinni o'qish qobiliyati o'ziga xos edi. Uning o'limi meni juda qayg'uga soldi", - dedi Shuster.