"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya soliq politsiyasi bilan sudlashib, unda g'olib chiqdi.
Ispaniya soliq politsiyasi xorvatiyalik futbolchini 2012-2014 yillarda "Madrid"dagi faoliyati davomida daromadlarni soliqdan yashirganlikda ayblayotgan edi. Modrich esa 2012 yilda hali Ispaniya soliq to'lovchisi bo'lmagani ta'kidladi. Boisi, u 2012 yilning yozida «Tottenxem»dan «Real»ga o'tgandi.
Shuningdek, soliq inspektsiyasi tomonidan 2013 va 2014 yillarda futbol agentlariga to'langan to'lovlar borasida ayblovlar ham o'z isbotini topmadi.
Natijada sud Ispaniya soliq politsiyasi zimmasiga Luka Modrichga 3,5 million evro mablag' to'lash majburiyatini yukladi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilning sentyabr oyida soliq politsiyasi Modrichga 1,2 mln evro miqdorida soliq to'lashni talab qilgandi. Sud mazkur majburiyatni ham bekor qildi.