"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xavi Ernandesning "Barselona" bosh murabbiyligidan chetlatilishi mumkinligi haqida gapirdi. 43 yoshli mutaxassisning kursisi Ispaniya Superkubogi finalida "Real"dan 1:4 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng sezilarli darajada chayqalib qolgandi.
“Xavi? Men barcha hamkasblarimni hurmat qilaman. Bizning ishimiz juda qiyin. "Men Xaviga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", dedi Anchelotti.
“Barselona” Xavi o'rniga “Arsenal”dan Mikel Arteta va ayni damda La Ligada etakchilik qilayotgan “Jirona”dan Mishel kabi murabbiylarni ko'rib chiqayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.