Chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning "Bavariya"dagi kelajagi tez orada oydinlashadi. Insayder Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, Maks Eberl direktorlar kengashiga kelishi bilan klub yana mavjud vaziyatga baho beradi.
Kanadalik himoyachining "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Yangi shartnoma imzolash uchun 23 yoshli Devis yiliga 13-14 million evro maosh talab qilmoqda, bu futbolchi amaldagi shartnoma bo'yicha oladiganidan deyarli ikki barobar ko'p.
Manbaning xabar berishicha, Devisning agenti bir qancha top-klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq "Real" kanadalik futbolchini transfer qilish uchun favorit deb atalgandi.