Kataloniyalik "Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Ispaniya kubogi doirasida bo'lib o'tadigan "Unionistas"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmasa kerak.
Sport nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi bugun Xavi Ernandes jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmagan. Katta ehtimol bilan himoyachi 18 yanvar kuni "Unionistas"ga qarshi o'ynamaydi.
Eslatib o'tamiz, Kanselo Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi kechgan o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yuborgan edi.
Kanselu "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda. Klub kelasi yozda futbolchini doimiy ravishda sotib oladimi yoki yo'qmi, hozircha bir qarorga kelmagan.