"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior "Barselona"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval Ispaniya Superkubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda "Real" "Barselona"ni mag'lub etdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi va o'yinning asosiy qahramoni 23 yoshli Vinisius bo'ldi va u uchta gol urdi.
Aytish joizki, braziliyalik futbolchi barcha gollarni birinchi bo'limda kiritgan. ESPN nashri xabariga ko'ra, deyarli 30 yil ichida birinchi marta "El-Klasiko"ning birinchi bo'limda xet-trik qayd etilgan.
Avvalgi bunday holat 1995 yilda sodir bo'lgan edi, o'shanda "Real"ning sobiq hujumchisi Ivan Samorano 39-daqiqada "Barselona" darvozasiga uch marta aniq zarba bergandi.