Londonning “Chelsi” klubi yangi darvozabon izlamoqda. Todofichajes sahifalarida xabar berilganidek, ukrainalik darvozabon Andrey Lunin Angliya top-klubi nazariga tushdi.
"Pensionerlar" rahbariyati yozgi transfer oynasida 24 yoshli futbolchini sotib olishni ko'rib chiqmoqda. Potentsial kelishuv sakkiz million evroga teng bo'lishi mumkin.
Luninning "qirollik" klubi bilan 2025 yilning o'rtalariga qadar mehnat majburiyatlari bor. Ukrainalik futbolchi 2018 yildan beri “Los-Blankos”da o'ynab kelmoqda.