«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Mayoral – jamoaning bir bo'lagi. U hali yosh, ammo uning nimalarga qodirligini bilardim. U jamoada muhim rol o'ynashi mumkin va buni u isbotladi. Men xursandman, boisi, o'yinchilardan talab qilinadigan narsaga — ularning yaxshi o'ynashiga erishyapmiz. Bugun Mayoral ajoyib o'ynagani juda muhim ahamiyatga ega. U yaxshi harakatlandi va g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
«Sosedad»ga bo'sh hududlar taqdim qilinsa, muammolar yaratishi mumkinligini bilardik. Biz o'yinni yaxshi o'qidik. Raqibga o'z jarima maydonchamizga yaqinlashish imkoniyatini berganimizda, bizga qiyin bo'lardi. Shunga qaramay, raqibimiz yaxshi o'ynadi.
Beyl uchun xursandman. Biz u haqida ko'p gapiramiz, lekin u bugun o'z mahoratini ko'rsatdi. Unga nisbatan sabr qilishimiz kerak. Beyl nafaqat qarshi hujumlarda, balki boshqa jihatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatadi. Ha, u tezkor o'yinda o'zini yaxshiroq ko'rsatadi. Bundan tashqari, uning texnikasi yaxshi va tor hududda ham vaziyatdan yaxshi chiqib ketadi. Gol urishidan oldin u 70 metr masofani 30 km/soat tezlikda bosib o'tdi va sovuqqonlik bilan darvozani ishg'ol qildi», — dedi Zidan.