Kilian Mbappening kelajagi noaniqligicha qolmoqda va natijada muhokama qilinmoqda. "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike amaldagi shartnomasi yozda tugaydigan yulduz forvard haqida doimiy mish-mishlar bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
“Necha yildan beri jahon futboli elitasida ekanligimni bilasizmi? Madridda besh yil va Barselonada sakkiz yil futbolchi sifatida. Murabbiy sifatida esa olti yil davomida “Barselona”, “Roma” va “Selta”da ishladim. Men “Sporting Xixon”da o'ynaganman va u yoki bu o'yinchi haqida yolg'on gaplar tarqalgan kiyinish xonasida o'sganman. Men bunga shunchalik ko'nikib qolganmanki, endi menga farqi yo'q" - dedi Enrike.