Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida hujumchi Vinisius Junior va “Barselona” futbolchilari o'rtasidagi mojaro haqida gapirdi.
“Raqiblari bilan nima bo'lganini bilmayman. Aytishim mumkinki, Junior bu o'yinda a'lo darajada harakat qildi. Yaqinda jarohatidan tuzalib ketgani uchun muammoga duch kelmaslik uchun uni almashtirdim. Vinisius o'z ishiga e'tibor qaratishi va "Real Madrid" muxlislarini xursand qilishi kerak", - deya italiyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi AS.
Final 4:1 hisobida “Real”ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Vinisius uchta gol urdi.