"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill hozirda "Real"da o'ynayotgan yarim himoyachi Jud Bellingemning faoliyati haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Faoliyatining boshida Jud "Manchester Yunayted" va "Borussiya" o'rtasida tanlov qilgan edi. Dortmundga ko'chib o'tgani uchun yaxshi. Bellingem hozir dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Agar u "Yunayted"ga o'tganida nima bo'lardi? Bilmayman, balki Jud muvaffaqiyatga erishgan bo'lardi, lekin ishonchim komil emas", - deydi Nevill.
Bellingem o'tgan yozda "Real"ga o'tgan edi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 20 yoshli futbolchi 17 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.