Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Arda Gyuler haqida fikr bildirdi.
18 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'tgan yilning iyul oyida "Los-Blankos"ga kelib qo'shilgandi, ammo jarohatlar tufayli yanvar oyigacha Karlo Anchelotti jamoasida debyut o'tkaza olmadi.
Yakshanba kuni Gyuler Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, garchi u finalda "Real Madrid"ning "Barselona" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabasini zaxira o'rindig'idan tomosha qilgan bo'lsa-da.
“Men Gyulerga sabr-toqatli bo'lishi kerakligini doimo aytaman. U Turkiyada juda mashhur va hurmatga sazovor inson, bu ma'lum bir bosim hosil qiladi, ammo "Real Madrid"da u sabrli bo'lishi kerak", - deya Ryudigerning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.