Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrich nega “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlamaganiga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi 81-daqiqada maydonga tushdi. Madridning “Real” klubi “Barselona”ni 4:1 hisobida mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritdi.
"Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda Modrich juda yaxshi o'ynadi, ammo "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan Toni Kroos o'zini yaxshi his qildi. Luka biroz charchagan edi. Ba'zida katta o'yinchilarni zaxira o'rindig'ida qoldirishga to'g'ri keladi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Modrichning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.