"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal yosh hujumchi Borxa Mayoralni maqtadi.
Futbolchi "Real Sosedad"ga (3:1) qarshi La Liga 4-tur o'yinida gol urgan edi.
"Mag'lub bo'lsak, peshqadamdan 7 ochko ortda qolib ketardik. Juda qiyin bo'ldi. Bundan tashqari, safarda o'ynadik.
Yaxshiyamki, jamoa iroda namoyish qildi. Borxa zo'r gol urdi. Bizning tarkibimiz keng, Mayoral esa gol urib, jamoaga yordam berishga qodir" - dedi Karvaxal.