"Real" hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya kubogi doirasida "Barselona" darvozasiga 3 ta gol urdi. U gollarining birini nima uchun Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaganini aytib o'tdi.
«Ronaldu — mening kumirim. Saudiyaliklar meni juda yaxshi ko'rishadi. G'alaba qozonganimizdan xursandman.
«Barselona»ga qarshi o'ynash oson emas, ammo biz deyarli ideal futbol namoyish etdik. Agar Levandovskidan gol o'tkazmaganimizda ideal bo'lardi», – dedi Vinisius.