"Barselona" sardori Serxi Roberto Ispaniya Superkubogi finalida "Real"dan uchralgan mag'lubiyat (1:4) haqida gapirdi.
"Bu abadiy raqibga qarshi final edi, biz g'alaba qozonishni xohladik. 10 daqiqa ichida ikkita gol bizga katta zarar etkazdi. 1:2 hisobi bilan biz o'yinda qoldik, ammo ikkinchi bo'limda penalti va goldan keyin imkoniyat qolmadi.
Umid qilamanki, bu bizga ta'sir qilmaydi. Biz g'azabdamiz, lekin payshanba kuni yana bir turnir bor. Biz xatolarimizdan va bu mag'lubiyatlardan saboq olishimiz kerak, ammo boshqa turnirlar qoldi. Men bu jamoaga ishonaman va biz davom etishimiz kerak", - dedi Roberto Movistar bilan suhbatda.
19 turdan keyin "Barselona" 41 ochko bilan La Ligada 3-o'rinni egallab turibdi. Chempionatda “Jirona” etakchilik qilmoqda (49 ochko).
"Barselona"ning navbatdagi o'yini "Betis"ga qarshi bo'ladi. Uchrashuv 21 yanvar kuni "Benito Vilyamarin" stadionida bo'lib o'tadi.