Dekuning aytishicha, "Barselona" hali ham bosh murabbiyi Xaviga ishonadi.
Kecha kataloniyaliklar Ispaniya Superkubogi finalida “Real”ga (1:4) mag'lub bo'lishdi.
- Bu natijadan keyin klubning Xaviga munosabati o'zgarganmi?
- Bema'ni savol. Hozir bu haqda so'rashning vaqti emas. Biz unga hali ham to'liq ishonamiz.
Mag'lubiyat qiyin, uni tahlil qilish kerak, lekin hech narsani o'zgartirmaydi. Biz "Unionistas" bilan (Ispaniya Kubogi) bo'ladigan o'yin haqida o'ylashimiz kerak" - dedi "Barselona" sport direktori.