Ayni paytda Ispaniya superkubogi finalida "Real" va "Barselona" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tmoqda. Birinchi bo'limdan so'ng madridliklar 3:1 hisobida oldinda borishmoqda.
"Qirollik klubi"ning barcha gollari Vinisius Junior hisobiga yozildi. U uchrashuvning 7, 10 va 39-daqiqalarda "Barsa" darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, Vinisius XXI asrdagi «klasiko»larda eng tezkor xet-trik muallifiga aylandi.