"Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoroga birdaniga uchta grand klub qiziqish qildirmoqda.
Telefoot nashri xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchiga "Real", "Liverpul" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. Yosh iqtidorli futbolchining "Lill" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi, futbolchi hali uni uzaytirishni istamayapti.
Agar frantsuz klubi Leni uchun tovon pulining maksimal miqdorini olishni istasa, futbolchi ushbu transfer oynasidayoq sotib yuborilishi mumkin. Evropa gigantlari vaziyatni faol kuzatmoqda. Yoro joriy Frantsiya chempionatida ikkita gol urdi. Leni o'z jamoasida etakchi futbolchi sanaladi.