"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ishlash haqida fikr bildirdi.
"Anchelotti menga ishonadi, shuning uchun u menga debyut qilish imkoniyatini berdi. U har doim men bilan gaplashadi va menga ishonch bag'ishlaydi.
Bu menga yordam beradi, chunki men besh oy davomida jarohat oldim", - deya Gyulerning so'zlarini keltiradi Diario AS.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi o'tgan yozda “Real”ga kelib qo'shilgan, biroq ilk bor maydonga faqat 6 yanvar kuni kubok o'yinida tushgandi.