Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti avvalroq uning murabbiylar shtabida ishlagan Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
“Zidan men mashg'ulotlarda ko'rgan eng yaxshi futbolchi. Dastlabki bosqichda u klubni yaxshi bilganligi uchun menga yordamchi sifatida katta yordam berdi.
U menga ispan futboliga moslashishga yordam berdi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real"ni boshqargan va 2014 yilning yoziga qadar Zidan uning murabbiylar shtabida edi.
Italiyalik futbolchining "Los-Blankos" lageriga ikkinchi bor kelishi 2021 yilda sodir bo'lgan. Yaqinda Anchelotti jamoa bilan shartnomani 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi.