"Real" himoyachisi Dani Karvaxal "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finaliga tayyor bo'ladi.
31 yoshli ispaniyalik yarim finalda "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda (5:3) gol urdi, biroq bir necha kundan buyon qiynayotgan jarohatidan xavotirda edi. Juma kuni u sport zalida individual dastur bo'yicha mashq qildi.
“Real” – “Barselona” uchrashuvi 14 yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23.59da boshlanadi.