"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Osasuna"ga qarshi o'yindan so'ng vinger Lamin Yamalning o'yini haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, Superkubok finaliga chiqdi. 16 yoshli Yamal o'yinning 42-daqiqasida jarohat olgan Rafinyaning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi va o'yin oxirida u darvozani ishg'ol qilib, jamoasining g'alabasini mustahkamladi.
"Lamin to'p bilan ajoyib o'ynaydi va uni deyarli yo'qotmaydi. U yakka kurashlarda qatnashishdan qo'rqmaydi. Bugun u juda yaxshi harakat qildi. Noyob iste'dod egasi", - dedi Xavi o'yindan keyingi intervyusida.
14 yanvar kuni "Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi maydonga tushadi.