"Real Madrid" yarimhimoyachisi Isko Akarkon kecha "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda (1:3) "Qirollik klubi" libosidagi o'zining 150-g'alabasiga erishdi.
Madridda o'zining 5-mavsumini o'tkazayotgan asli Malagalik bo'lgan futbolchi ushbu g'alabalarga erishishi uchun 198 ta uchashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 34 ta gol yozdirib qo'ydi. U "Real"dagi o'zining g'alabalarini 6 musobaqa - La Ligada 98 ta, Chempionlar ligasida 31 ta, Qirol kubogida 14 ta, klublararo mundialda 3 ta, Yevropa superkubogida 3 ta va Ispaniya superkubogida bitta uchrashuvda qo'lga kiritgan. Isko 150 ta g'alabasdan 74 tasini "Santiago Bernabeu"da va yana 76 tasini safar bajslarida nishonlagan.
RealBlancos