"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya Superkubogi doirasida "Real" bilan o'yinda favorit yo'qligini aytdi.
"Favorit yo'q, ko'ramiz kim yutadi. Jamoaga g'alaba qozonishga yordam berganimdan juda xursandman, lekin eng muhimi, finalga chiqish edi. Menimcha, finalda “Real”ni mag'lub etish mavsumdagi burilish nuqtasi bo'ladi”, - dedi Yamal Mundo Deportivo nashrira.
Eslatib o'tamiz, final 14 yanvarga belgilangan.