«Real»ning yangi futbolchisi Jud Bellingem jamoasi safida mashg'ulotlarda ishtirok etishni intizorlik bilan kutayotganini ma'lum qildi.
«Tezroq «Real» safiga qo'shilib, o'yinlarda ishtirok etishni istayman. Taqdimot marosimi men uchun alohida kun bo'ldi. Endi esa jamoa safida o'ynash uchun tiklanib olishim kerak.
Jamoadagi bosim? Men faoliyatining har bir qadamida bosimni his qilib kelganman. U meni shunday darajaga etishimda yordam berdi. Shungaki, uni engib o'tishning yo'lini topish kerak», — dedi Bellingem "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida. «Real» Bellingemni Dortmundning «Borussiya» klubidan 103 mln evroga sotib oldi. Shuningdek, yana 30 million evro bonus sifatida to'lab berilishi ko'zda tutilgan.