Ispaniyada politsiya irqchilik holatlarida futbol o'yinlarini to'xtata oladi.
Marca nashrining xabar berishicha, Ispaniya IIV muxlislarning irqchi xatti-harakatlarida politsiya rolini kuchaytiruvchi ko'rsatma tayyorladi. Endi politsiya hakamdan o'yinni vaqtincha to'xtatish yoki butunlay to'xtatishni so'rash huquqiga ega bo'ladi.
Qayd etilishicha, bunday munosabatga “Real” vingeri Vinisius bilan bog'liq vaziyat sabab bo'lgan. La Liganing 35-turidan o'rin olgan o'yinda “Valensiya” muxlislari braziliyalik futbolchini “maymun” va “ahmoq” deb haqorat qilishdi, bu esa “Real” futbolchilari bilan mushtlashuvga sabab bo'ldi. Natijada o'yin 8 daqiqaga to'xtatildi.